O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan ustuvor hisoblangan federatsiya va assotsiatsiyalar, shuningdek sport taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, bugun Agentlik xodimlari tomonidan O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yakkakurash yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalari bilan "Doping va uning sportchi organizmiga taʼsiri" mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi. Ushbu seminarda talabalar va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminar davomida talaba sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi. Uchrashuv yakunida talabalarga antidoping qoidabuzarliklari bo‘yicha maxsus tayyorlangan tarqatma materiallar ham taqdim etildi.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati