27-yoshli Veerpalu doping moddalarni tarqatish bilan shugʼullangan jinoiy guruhga tegishli ekanligida ayblangandi.
Аvstriyaning Insbruk shahar sudi estoniyalik togʼ changʼichisi Аndreas Veerpaluni antidoping qoidabuzarligi uchun shartlik ravishda besh oylik ozodlikdan mahrum etish, uch yillik sinov mudddati va 4800 yevro jarimasi bilan jazolash haqida qaror chiqardi.
27-yoshli Veerpalu doping moddalarni tarqatish bilan shugʼullangan jinoiy guruhga tegishli ekanligida ayblangandi.
Ma'lumot uchun aytib o'tmoqchimiz, Аndreas Veerpalu – togʼ changʼi sport turi boʼyicha ikki kara olimpiada chempioni Аndrus Veerpaluning oʼgʼlidir.
U va yana bir estoniyalik changʼichi Karel Tammʼyarv 2019 yilda Аvstriyaning Zeefelьd shahrida boʼlib oʼtgan jahon chempionati doirasida “Doktor Doping” nomi bilan “mashhur” boʼlgan sport shifokor Mark Shmidtning jinoiy ishi doirasida qoʼlga olingan edi.