Shu kunlarda, yaʼni 25-28 oktyabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida joylashgan YUNESKO Bosh qarorgohida Sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha Xalqaro konvensiyasiga aʼzo davlatlarning VIII Sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu Sessiyada O‘zbekiston tomondan vakil sifatida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori, Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA) vitse-prezidenti Nodirjon Tursunov ishtirok etmoqda.
Mazkur Sessiyada ko‘rib chiqiladigan asosiy masalalardan biri Konvensiyaga bir qator muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritishdir. Shuningdek, ularning barchasi sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha ishlarni yana-da qatʼiylashtirish, Xalqaro va milliy qonunchiliklarni esa yanada takomillashtirishdir.
Sessiyada Butunjahon antidoping agentligi prezidenti Vitold Benka, vitse-prezidenti Yan Yan, bosh direktori Olivye Nigglilarning hisobot chiqishlari kun tartibiga kiritilgan.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmat