eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Doping: O‘zbekiston sporti yilni moʻtadil holatda yakunlamoqda

Bugun dunyo sportida doping global masalalardan biri sanaladi. Ko‘pgina davlatlar, xalqaro sport federatsiyalari doping tufayli katta muammolar iskanjasida yilni yakunlamoqda.

Xo‘sh, O‘zbekiston sportida doping bilan bog‘liq  vaziyat qanday? O‘tgan yillardagi manzaralardan bu yilgi ko‘rinish nimasi bilan farq qilmoqda? 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi axborot xizmati rahbari Humoyun Omonovning xabar berishicha, mamlakatimizda 2018 yili sportchilardan 40 ta doping-sinama olinib, 4 tasida doping qoidalarini buzish holati aniqlangan. Yaʼni, 2 ta para paurliftingda, 1 tadan triatlon va boksda.

2019 yili 615 ta tekshirish amalga oshirilgan bo‘lib, 24 nafar sportchida qoida buzilishlari kuzatilgan. 2020 yilda esa 749 ta doping tekshiruvlari o‘tkazilib, 15 tasida qayd etilgan.

Joriy yildagi vaziyat bir muncha boshqacharoq. 855 ta doping-sinama olingan hamda 12 nafar sportchida taqiqlangan moddalar mavjudligi tasdiqlangan.

Aytish lozimki, yil mobaynida xalqaro sport musobaqalarining ko‘pligiga qaramasdan doping ko‘rsatkichlarining pastligini ijobiy natija sifatida eʼtirof etmoq lozim.

Bunda O‘zbekiston milliy antidoping agentligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, sportchilar va ularning murabbiylari o‘rtasida tushuntirish ishlarining rejali tarzda o‘tkazilishi, yangi taqiqlovchi moddalar bo‘yicha kerakli axborotlar bilan sport jamoalarining taʼminlanganligi vaziyatning bir muncha yaxshilanishiga zamin yaratdi.

Eng muhimi, Tokio olimpiadasi, jahon chempionatlari, nufuzli musobaqalarda qatnashgan ko‘pgina davlatlarning sportchilari erishgan yutuqlar doping tufayli nolga tenglashtirilib, katta miqdordagi jarimalarga tortildi.

Jamoalar, alohida sportchilar belgilangan muddatlarga katta sportdan chetlashtirildi. Xalqaro antidoping tashkiloti (WADA) doping sababli davlatlarni, alohida sport federatsiyalarga taqiq va jarimalar qo‘llagan vaziyatda O‘zbekiston sportchilarining nufuzli sport musobaqalaridagi g‘alabalari moʻtadilligicha qolishiga erishilganligi o‘ziga xos voqelik bo‘lganligini taʼkidlamoq lozim.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish