O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodirjon Tursunov Turizm va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilariga navbatdagi antidoping onlayn o‘quv-seminarini o‘tkazdi.
Unda, dopingga qarshi kurashishning dolzarb muammolari, dopingning jamiyatdagi tibbiy, ijtimoiy va huquqiy oqibatlari yuzasidan fikr almashildi.
Universitet va sport taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, murabbiylarga antidoping bo‘yicha berilayotgan maʼlumotlar orqali murabbiylar shogirdlariga yoshligidan dopingning inson salomatligiga salbiy taʼsiri, ayniqsa sportchining sport faoliyatini yakunlashiga qadar olib borishini uqtirishi lozim. Shundagina bo‘lajak chempionlar halol yo‘l bilan g‘alabalarga erishadi va mamlakat bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishadi.
O‘z navbatida seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.