AQSH Milliy antidoping agentligi (USADA) og‘ir atletika bo‘yicha AQSH terma jamoasi aʼzosi Ian Uilsonni uch yilga diskvalifikatsiya qilgani haqida xabar berdi.
27-yoshli sportchi 2021 yil 2 dekabr kuni ijobiy doping-test topshirgan. Uning musobaqadan tashqari davrda olingan doping-sinamasida “stanozolol” va “drostanolon” taqiqlangan moddalari aniqlangan.
Lekin doping natijalari chiqqanga qadar u Toshkentda bo‘lib o‘tgan 2021 yil Jahon chempionatida ishtirok etishga ulgurgan hamda beshinchi o‘rinni egallaganiga qaramay, Uilsonning bu natijasi bekor qilindi.