Yaqindagina Xitoy poytaxti Pekin shahrida Pekin-2022 Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan edi.
Mazkur musobaqada doimgidek yuqori natijalarni qayd etgan va ixtiyoriy ravishda doping-sinamalar olingan.
Shunday sportchilardan biri ispaniyalik figurali uchuvchi Laura Barkero Pekin-2022 Olimpiadasida ijobiy doping-test topshirdi. Bu haqida Xalqaro doping-testlash agentligi (ITA)ning saytida xabar berildi.
Doping-sinama sportchidan 18-fevral kuni sport juftliklarining qisqa dasturdagi chiqishidan so‘ng olingan. Doping-sinama Pekin antidoping laboratoriyasida tahlil qilinib, tarkibida “KLOSTEBOL” taqiqlangan moddasi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, Pekin Olimpiya o‘yinlarida 20 yoshli ispaniyalik sportchi Marko Dzandron bilan juftlikda 11-chi o‘rinni egalladi. O‘z navbatida Barkero va Dzandron Ispaniya tarixida qishki Olimpiya o‘yinlarining figurali uchish bahslarida ishtirok etgan birinchi juftlik sanaladi.