Dopingga qarshi kurashish sohasida savodxonlikni oshirish maqsadida Milliy antidoping agentligi mutaxassislari muntazam ravishda maxsus taʼlim dasturlarini joriy etib kelmoqda.
Navbatdagi tadbir onlayn shaklda o‘tib, unda mamlakatimizning bir qator oliy taʼlim muassasalarida sport faoliyati yo‘nalishida taʼlim berayotgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminarda Agentlik bosh direktori N.Tursunov "Antidoping qoidabuzarlik turlari" mavzusida maʼruza qildi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.