Qozogʻistonlik ogʻir atletikachi Nidjat Ragimov antidoping qoidabuzarligini sodir etgan deb tan olindi deb xabar berdi Oliy Sport arbitraj sudi (CAS).
Qozogʻistonlik ogʻir atletikachi Nidjat Ragimov antidoping qoidabuzarligini sodir etgan deb tan olindi deb xabar berdi Oliy Sport arbitraj sudi (CAS).Aniqlanishicha, doping-sinama topshirish chogʻida Ragimov taqiqlangan usuldan foydalanish koʻrinishida doping qoidalarini buzgan: sportchi zining siydik sinamasini almashtirgan. Natijada Ragimov 2021-yil 18-yanvar kunidan boshlab 8 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. 28-yoshli Ragimovning barcha sport natijalari 2016-yil 15-martdan boshlab bekor qilindi. Shuningdek, mazkur sanadan boshlab sportchiga berilgan barcha mukofotlar, xususan, Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada-2016 oltin medali qaytarib olinadi.