O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi tomonidan Qashqadaryo olimpiya zaxiralari kolleji trener, metodist hamda sportchi-o‘quvchilari uchun “Antidoping qoidabuzarlik turlari” mavzusida onlayn o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Tadbir davomida trener va metodistlarga WADA Butunjahon antidoping kodeksi qoidalari, taʼqiqlangan modda uning metaboliti yoki markerining sportchidan olingan sinamada mavjudligi, sportchi tomonidan taʼqiqlangan modda yoki uslubni qo‘llash va qo‘llashga urinish, doping-test topshirishdan bosh tortish, qarshilik ko‘rsatish yoki tashrif buyurmaslik, sportchi yoki uning personali tomonidan doping-nazoratining barcha bosqichida soxtalashtirish yoki soxtalashtirishga urinish, taʼqiqlangan modda yoki taʼqiqlangan usulni qo‘llash uchun asbob uskunalarga egalik qilish, sportchiga taʼqiqlangan modda yoki uslubni tavsiya qilish yoki tavsiya qilishga urinish haqida tushunchalar berib o‘tildi. Agentlik sportchilarimiz nafaqat xalqaro chempionatlarda balki O‘zbekiston chempionatlarida ham shaffof, halol yo‘l bilan sovrinli o‘rinlarni egallashlari tarafdori.