Shu yil sentyabr oyida Xitoyning Xanjou shahrida Osiyo oʻyinlari oʻtkazilishi lozim edi.
Biroq ushbu “Osiyo Olimpiadasi” keyingi yilga qoldirildi. Bu haqida Osiyo Olimpiya kengashi ijroiya qoʻmitasining Toshkentdagi yigʻilishida eʼlon qilindi.
Bunga sabab sifatida, Xitoyda pandemiya bilan bogʻliq vaziyat koʻrsatilgan.