Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan yil boshidan buyon rejaga muvofiq, sport taʼlim muassasalari, federatsiya va assotsiatsiyalar sportchi, murabbiy va sport shifokorlariga 50 dan ortiq oʻquv-seminarlar oʻtkazildi.
Seminarlarning asosiy qismi joylarga borgan holda oʻtkazilmoqda. Shunday antidoping oʻquv seminari Buxoro va Navoiy viloyatlariga borgan holda boʻlajak chempionlar bilan yuzma-yuz oʻtkazildi.Dastlab, agentlikning Antidoping taʼlim dasturlari boʻlimi boshligʻi Z.Gaziyeva va L.Umedovalar tomonidan Buxoro olimpiya va paralimpiya kolleji sportchi oʻquvchilariga “Dopingning asoratlari va antidoping koidabuzarliklarda diskvalifikatsiya muddatlari” mavzusida koʻrgazmali materiallar bilan mavzu mohiyati tushuntirib berildi.Seminar yakunida murabbiylar va oʻquvchilar tomonidan savollar berildi hamda mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligiMatbuot xizmati