eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi va yarim finalga yoʻl oldi

Futbol boʻyicha U-23 Osiyo Kubogi—2022 musobaqasining 1/4 finali doirasida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Iroq bilan bahs olib bordi.

Asabiy tarzda boshlangan bahsning 19-daqiqasida Abduvohid Neʼmatov raqibga nisbatan qoʻpollik qildi deb topildi va bosh hakam maydondan chetlatdi hamda darvozamiz tomon penalti belgiladi.

Minglab muxlislari koʻz oʻngida futbolchilarimiz haqiqiy matonat koʻrsata boshlashdi. Nafaqat hisob tenglashtirildi, ikkinchi boʻlimda oldinga ham oʻtib oldik.

68-daqiqaga kelib, Iroq muvozanatni tikladi — 2:2. Ushbu hisob qoʻshimcha taymlarda ham oʻzgarmadi.

Penaltilar seriyasida Oʻzbekiston U-23 jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Endi yoshlarimiz yarim finalda Janubiy Koreya va Yaponiya uchrashuvi gʻolibi bilan bahs olib boradi.

Oʻzbekiston U-23 — Iroq U-23 2:2

Penaltilar seriyasi — 3:2.

 

 

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish