eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha malaka oshirish instituti tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantiriladi.

Institutning vazifalari quyidagilardan iborat boʻladi:

maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari boʻyicha rahbar va pedagog kadrlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari, maxsus fan oʻqituvchilari, trenerlari, sport psixologlari, maxsus xizmat xodimlari hamda sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi;

mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan sport taʼlim muassasalari xodimlari uchun qoʻshimcha ixtisoslik boʻyicha pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;

jismoniy tarbiya va sport taʼlim tizimida ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etadi;

oʻquv-mashgʻulot jarayoniga, xususan sport taʼlim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, oʻqitishning samarali shakllari va usullarini joriy etadi;

sport taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, oʻz filiallari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etadi;

xalqaro aloqalarni kengaytiradi va mustahkamlaydi, konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish orqali jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritadi, xorijiy taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish