eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Diyorimizda Osiyo og‘ir atletikasining yosh yulduzlari jam bo‘lmoqda

17-25 iyul kunlari og‘ir atletika ishqibozlarining nigohi yana poytaxtimizga qaratiladi. Ushbu kunlarda Toshkent o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ayni paytda musobaqaga katta tayyorgarlik olib borilmoqda. 21 mamlakatdan tashrif buyuradigan 300 nafarga yaqin yosh yulduzlar ishtirokidagi bahslarda terma jamoamiz katta tarkibda ishtirok etadi. Jo‘rabek Zoirov va Nurullo Tog‘ayev boshchiligidagi jamoamiz ushbu musobaqada 36 nafar sportchi bilan qatnashishi ko‘zda tutilgan. Ayni payda bo‘lajak chempionlarimiz Chirchiqdagi og‘ir atletika bazasida so‘nggi tayyorgarlik jarayonini olib borishmoqda. Jamoamiz tarkibida kattalar o‘rtasidagi jahon chempioni Tursunoy Jabborova, yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi sovrindorlari Nigora Suvonova, Sharofiddin Amriddinov, Mirhosil Mirzaboyev kabi nomdor atletlar bor. 

O‘z mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyat sabab ushbu sportda yetakchilar qatorida sanaladigan Yaponiya va Xitoy termalari musobaqada qatnashmaydi. Biroq bu bahslardagi shiddatli raqobatga katta ta’sir o‘tkaza olmaydi. Boisi Koreya Respublikasi, Qozog‘iston, Eron, so‘nggi paytlarda ushbu sportda ancha o‘sishga erishgan Hindiston, ba’zi vazn toifalarida kuchli yetakchilariga ega Filippin, Indoneziya, Tailand kabi jamoalar bor. 

Osiyo jahon og‘ir atletikasida eng kuchli mintaqa hisoblanadi. Shu bois har qanday yosh toifasidagi qit’a birinchiliklari xalqaro tashkilot nigohida bo‘ladi. Yaqinda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti etib tayinlangan Muhammad Jalud boshchiligidagi IWF rahbariyati musobaqaning faxriy mehmonlari bo‘lishadi. 

Bahslar har kuni soat 11:00 va 19:00 da boshlanadi.  Muxlislarni “Yunusobod sport majmuasi”ga taklif etamiz.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish