Xabaringiz bor, 2028-yil AQSHning Los-Anjeles shahrida Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtadi.
Bugun musobaqa tashkiliy qoʻmitasi oʻyinlarning oʻtkaziladigan sanalarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Olimpiya oʻyinlari 14-30-iyul, Paralimpiya oʻyinlari esa 15-27-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, 2024-yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari Fransiyaning Parij shahrida oʻtkaziladi.