Osiyo Olimpiya Kengashi pandemiya sababli bir yilga qoldirilgan XIX Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish yangi muddatini belgiladi.
2023-yil 23-sentyabrdan 8-oktyabrgacha Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun aytib oʻtmoqchimiz, Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari joriy yil sentyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Lekin koronavirusning yangi toʻlqini sabab 6-may kuni Toshkentda oʻtgan OOK Ijroiya qoʻmitasining 77-yigʻilishida musobaqa boshqa muddatga koʻchirilishi eʼlon qilingan edi.