Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi (OʻzMADA) mutaxassislari Butunjahon antidoping agentligi (VADA)ning navbatdagi yigʻilishida ishtirok etishdi.
Galdagi yigʻilish video-konferens aloqa shaklida tashkil etilib, yigʻilishda Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov va boʻlim boshliqlari ishtirok etdi. Xalqaro tashkilotlardan esa Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti rahbari V.Abdulla, Osiyo okeaniya mintaqasi vakillari Kazuhiro Hayashi va Kenny Lee hamda Qozogʻiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori M.Bakashevalar qatnashishdi.
Mazkur tadbirning asosiy mavzusi – Agentlik zimmasiga yuklangan sportchilardan nazorat doping-testlarini olish, ularni tegishli antidoping laboratoriyalariga yuborishning logistik muammolarini hal etish, davlatlararo qoʻshma va qarama-qarshi doping-nazoratini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek yigʻilish davomida hamkorlikda faoliyat olib borish boʻyicha kelishib olindi.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati