Maʼlumki, (WADA) Butunjahon antidoping Kodeksining 2.4 moddasi hamda Xalqaro testlash va tergov-surishtirish bo‘yicha standartining I.5.4 moddasiga muvofiq, 12-oylik kalendar davr ichida uch karra maʼlumotlar taqdim etmagan / noto‘g‘ri maʼlumot kiritgan / doping-testni o‘tkazib yuborgan sportchiga antidoping qoidabuzarligi sodir etilgan deb hisoblanadi va ikki yilgacha sportdan chetlashtirish yani diskvalifikatsiyasi jazo chorasini qo‘llashga asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Butunjahon antidoping agentligi va sport turlari bo‘yicha xalqaro federatsiyalar bilan kelishilgan 2022 yil 15 sentyabrga qadar IV chorak uchun doping-test ro‘yxatiga kiritilgan sportchilar yoki ularning ishonchli vakillari tomonidan ADAMS tizimiga tegishli shaxsiy maʼlumotlarni belgilangan muddatlaridan kechiktirmasdan kiritib borishlarini eslatib o‘tadi!