eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Para velosport boʻyicha terma jamoa aʼzolariga navbatdagi antidoping oʻquv seminari oʻtkazildi

Soʻngi yillarda mamlakatmizda jismoniy tarbiya va sportga hukumat darajasida eʼtibor berilmoqda. Buning zamirida esa sportchilarimiz xalqaro maydanlarda yurtimiz bayrogʻini yuksaklarga koʻtarib kelishmoqda. Ayniqsa, alohida taʼkidlashimiz lozim paralimpiyachilarning soʻngi Tokio olimpiadasida qoʻlga kiritgan gʻalabalari tahsinga loyiq.

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Milliy paralimpiya qoʻmitalari tomonidan tasdiqlangan “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlashda doping qoʻllanilishini oldini olish va dopingga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi dastur tasdiqlangan.

Dasturga muvofiq, Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligining asosiy vazifasi sportchilarning dopingsiz musobaqalarda qatnashish uchun asosiy huquqlarini himoya qilishdir. Shu maqsadda Agentlik mutaxassislari ustuvor hisoblangan federatsiya va assotsiatsiyalarga borgan holda antidoping oʻquv seminarlarini oʻtkazib kelishmoqda.

Jumladan, Agentlik xodimlari Para velosport boʻyicha Toshkent shahri Olmazor tumanidagi sport bazasida oʻquv mashgʻulotlarini olib borayotgan terma jamoa aʼzolariga navbatdagi antidoping oʻquv-seminarini oʻtkazishdi. Seminar davomida doping nima, uning inson salomatligiga salbiy taʼsiri, doping tarixi va terapevtik qoʻllash boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish