Joriy yilning 28-29-sentyabr kunlari Koreya Respublikasida Butunjahon antidoping agentligi tashabbusi bilan milliy antidoping agentliklari rahbar xodimlari ishtirokida oʻquv-seminar oʻtkazilmoqda.
Ushbu seminarda Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov va boʻlim boshligʻi N.Azamatovalar ham ishtirok etishmoqda. Seminarning ochilish marosimida Butunjahon antidoping agentligi prezidenti Witold Bańka soʻzga chiqib, ishtirokchilarni samimiy tabrikladi.
Oʻz navbatida Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov ham oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi va ushbu seminarga taklif qilinganligi uchun minnatdorchilik bildirdi hamda mamlakatimizda dopinga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida yigʻilganlarga maʼlumot berdi.