eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun

Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonuni bilan tasdiqlangan.

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. Oʻzbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlaydi.

Respublikamiz fuqarolari uchun vatanimizning muqaddas ramzi – Davlat bayrogʻi aziz. Shu bois, bayrogʻimizga nazar solganimizda biz ruhan joʻshqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda gʻurur va buyuk istiqbolga ishonch tuygʻusini his etamiz.

Bugun milliy bayrogʻimiz turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz aʼzolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham bayrogʻimiz Vatanimizning shaʼni, xalqimizning gʻururini yorqin aks ettirmoqda. Xalqaro sport bellashuvlarida gʻalaba qozongan sportchilarimiz sharafiga yurtimiz bayrogʻi baland koʻtarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushamiz, hech kimdan kam emasligimizdan gʻururlanamiz.

Bayraming muborak boʻlsin aziz bayrogʻim!

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish