O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan sport sohasidagi mutaxassislarni malakasini oshirish va uzluksiz kasbiy taʼlimni taʼminlash maqsadida antidoping malaka oshirish kursi tashkil qilinmoqda.
Navbatdagi antidoping malaka oshirish kursi Namanganda o‘tkazildi. Unda, viloyatda faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari, murabbiy va mutaxassislar ishtirok etishdi.
Uch kunga mo‘ljallangan 24 soatlik malaka oshirish kursida 102 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Bu kabi malaka oshirish kurslari respublikamizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.