Ayni kunlarda Koreya Respublikasining Incheon shahrida Butunjahon antidoping agentligining terapevtik istisnolar bo‘yicha xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur simpoziumda VADAga aʼzo davlatlar antidoping agentliklaridan 200 dan ortiq terapevtik istisnolar bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etmoqda.
31 may – 2 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligidan bo‘lim boshlig‘I A.Soliyev va mutaxassis F.Abdurashidovalar ham ishtirok etishmoqda.
Ushbu simpozium ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad terapevtik istisnolar bo‘yicha mutaxassislarni malakasini oshirish, yangicha metodikalarni hayotga tatbiq etishdir. Simpozium bugun o‘z ishini yakunlaydi.