Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–149-sonli qarori qabul qilindi mazkur qaror bilan Agentlikka qator vazifalar yuklatilgan.
Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan sport shifokorlari va murabbiylar uchun 24 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.Mana shunday malaka oshirish kurslari ayni kunlarda olis hudud Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari va murabbiylari ishtirokida oʻtkazilmoqda. Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida oʻtkazilayotgan 3 kunga moʻljallangan malaka oshirish kursida 100 ga yaqin ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan maʼlumotlar berilmoqda.Malaka oshirish kursi yakunida Agentlik tomonidan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.