To‘rtinchi hokimiyat, deya taʼrif beriladigan ommaviy axborot vositalariga mamlakatimizda so‘nggi yillarda katta eʼtibor qaratilmoqda.
Yurtimizda jurnalistikaga oid ishlab chiqilayotgan qonun hujjatlari ham OAV vakillariga berilayotgan eʼtibor desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mamlakat rahbarining 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yullagan tabrigi va soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash tug‘risidagi farmoni mehnatkash soha vakillari uchun yuksak ishonch bo‘ldi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ham sohani yoritishda faollik ko‘rsatayotgan bir guruh halol sport targ‘ibotchilari bo‘lgan ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklab, ularga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalarni taqdim etdi.
Yana bir bor O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi jamoasi o‘z mehnat faoliyatlarida odillik, xolislik, tezkorlik, shaffoflik va tashabbuskorlikni shior qilib olgan barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etadi!