Joriy yildan boshlab, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) o‘zining ADEL o‘quv dasturi orqali xalqaro darajadagi sportchilarga maxsus antidoping o‘quv-kursini tamomlaganligi to‘g‘risidagi sertifikatni olish talabini qo‘ygan. Mazkur qaror WADA tomonidan yanvar oyida qabul qilingan bo‘lib, ushbu sertifikatga ega bo‘lmagan sportchilar xalqaro musobaqalarda qatnashish imkoniyatidan mahrum qilinishi ko‘zda tutilgan.
Xanchjou (Xitoy)da bo‘ladigan 19-Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilar uchun mazkur sertifikatni olish muhlati 2023-yilning 31-avgust sanasiga qadar belgilangan.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, sportchilar tomonidan 2021-yilning sentyabr oyiga qadar olingan sertifikatlarning muddati tugaganligi sababli ular haqiqiy deb hisoblanmaydi va qaytadan olish zarur.
Quyidagi havola orqali ADEL o‘quv dasturining o‘zbek va rus tilidagi kurslariga o‘tishingiz mumkin.