Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Milliy antidoping agentligining o‘tgan 6 oydagi faoliyati tahlili, istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida spiker sifatida Agentlik direktori A.Sadikov, bo‘lim boshliqlari A.Soliyev va N.Eshquvvatov va boshqa mutasaddi xodimlar bilan birgalikda ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumani davomida mutasaddilar tomonidan 2022 yil yakunlari va joriy yil 6 oyda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Shuningdek, OAV xodimlari ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga yuzlanishdi va kerakli javoblarni olishdi.