Butunjahon antidoping agentligi (WADA) o‘zining ADEL o‘quv dasturi orqali xalqaro darajadagi sportchilar maxsus antidoping o‘quv-kursini tamomlaganligi to‘g‘risidagi sertifikatni olish talabini qo‘yganligi haqida eslatib o‘tmoqchimiz. Mazkur talab WADAning joriy yil yanvar oyida eʼlon qilgan qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, Xanchjou-2023 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilar 2023-yil 31-avgust sanasiga qadar o‘quv-kursni tamomlab, antidoping taʼlim dasturi bilan tanishganligi to‘g‘risidagi sertifikatni olishlari lozim bo‘ladi. Mazkur sertifikatsiz sportchilar musobaqada ishtirok etishdan mahrum qilinadi.
Yana shuni maʼlumot o‘rnida eslatib o‘tmoqchimizki, 2021-yil sentyabr oyiga qadar yuqoridagi sertifikatni qo‘lga kiritgan sportchilarning sertifikatlari muddati o‘tganligi sababli haqiqiy deb hisoblanmaydi. Ushbu sportchilar sertifikatlarini qaytadan olishlari talab etiladi.
Quyidagi havola orqali ADEL o‘quv dasturining o‘zbek va rus tillaridagi kurslariga o‘tishingiz mumkin.