O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–82-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash va nuroniylar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Farmonda nazarda tutilgan “Mehr va saxovat kuni” doirasida mehrga muhtoj nuroniylar va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatish tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan shunday xayrli tadbirlardan biri o‘tkazildi. Ko‘p yillar mobaynida mustaqil O‘zbekistonimiz yuksalishi, har sohada ravnaq topishiga o‘z hissasini qo‘shib kelgan faxriy “O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi” Esdalik nishonini sohibi Abdugani Abdukaxxorov xolidan xabar olindi.
Bu kabi xayrli tadbirlar doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.