eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA) hisobot yigʻilishining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–149-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Agentlikka qator vazifalar yuklatilgan.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi mezbonligida joriy yilning 13-14-sentyabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA) hisobot yigʻilishi mezbonligi mamlakatimizga ishonib topshirilgan edi.

Bugun mazkur nufuzli tadbirning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda, Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Ikramov kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi. Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov yigʻilish ishtirokchilariga mamlakatimizda koʻrib turganidan bagʻoyat xursand ekanligini bildirdi. Shuningdek, Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi O.Kasimov, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) bosh mennedjeri E.Lukotsiutelar ham soʻzga chiqib, tadbir yuzasidan iliq fikrlar bildirishdi. Shundan soʻng esdalik uchun suratga tushish marosimi boʻlib oʻtdi va sessiya oʻz ishini boshladi.

Bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari va Qozogʻiston hamda Mongoliyadan tashrif buyurgan xodimlarga Butunjahon antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan trening mashgʻuloti ham oʻtkazilmoqda.

Ayni daqiqalarda tadbirning ikkinchi qismi boʻlib oʻtmoqda.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish