Xabaringiz bor Butunjahon antidoping agentligi rahbariyati mamlakatimizda boʻlib turibdi.
Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Milliy va Mintaqaviy antidoping tashkilotlari bilan ishlash boʻyicha bosh menejeri Ieva Lukosiute-Stanikuniene boshchiligidagi ishchi guruh bugun agentlikka tashrif buyurdi.
Tashrif davomida har bir boʻlimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, oldindagi rejalar yuzasidan taqdimot oʻtkazildi. Ishchi guruh mutaxassislari Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi ish samaradorligini yanada yaxshilash boʻyicha takliflarini bildirishdi.