Kecha xalqaro darajadagi mutaxassislar tomonidan Hilton mehmonxonasida boshlangan seminar trening oʻz yakuniga yetdi.
Ikki kun davom etgan treningning ikkinchi kuni Yoshlar siyosati va sport vazirligi majlislar zalida davom etdi. Treningda Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari bilan bir qatorda Qozogʻiston, Mongoliya va qirgʻizistonlik mutaxassislar ham antidoping taʼlim dasturlari, ADAMS platformasi, doping nazorati jarayonida sportchi va doping-nazorati xodimining huquq va majburiyatlari boʻyicha kerakli bilimlarga ega boʻlishdi.
Trening yakunida ishtirokchilarga Butunjahon antidoping agentligi tomonidan sertifikatlar topshirildi.