Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi huzuridagi Terapevtik istisnolar komissiya tashkil etilgan boʻlib, mazkur komissiya aʼzolari ishtirokida reja asosida onlayn va oflayn tarzda yigʻilishi tashkil etib boriladi. Navbatdagi yigʻilish onlayn tarzda tashkil etildi.
Yigʻilishda Agentlik direktori A.Sadikov va komissiya aʼzolari ishtirok etdi. Yigʻilishda, -terapevtik istisnolar haqida sportchi va shifokorlarga tushuntirish uchun koʻriladigan chora-tadbirlar; -sportda taqiqlangan dori vositalaridan terapevtik istisno uchun ruxsat olmasdan foydalanishning oqibatlari; -respublika hududlaridagi sport muassasalarida shifokorlar uchun “Sportda taqiqlangan moddalardan terapevtik istisno tarzida foydalanish” mavzusida vebinar tashkil qilish rejalashtirildi.