Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan Yoshlar siyesati va sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi xamkorligida Respublikadagi sport taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari, sport federatsiyalari va assotsiatsiya shifokorlari va murabbiylari uchun xalqaro vebinar tashkil etildi.
“Sportda taqiqlangan moddalar va usullardan terapevtik istisnolar tarzida foydalanish” mavzusidagi xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan onlayn Vebinarda Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov, Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOSA) direktori V.Abdulla, Litva antidoping agentligi direktori R.Banyte va agentlik bo‘lim boshlig‘I A.Soliyevlar maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
vebinar davomida taqiqlangan dori vositalaridan terapevtik istisno tarzida foydalanish, taqiqlangan ro‘yxat-2024 ga kiritilgan o‘zgartirishlar va boshqa masalalar yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Vebinarda 400 dan ortiq sport taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari, sport federatsiyalari va assotsiatsiya shifokorlari va murabbiylari ishtirok etishdi.