O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan sportchi va sport tashkilotlari uchun Tavsiyaviy intizomiy Reglament ishlab chiqildi. Ushbu Reglament sportchi va sport tashkilotlari uchun antidoping qoidalari buzilishi bilan bog‘liq holatlar va ushbu holatlar yuzasidan qo‘llaniladigan sport sanksiyalari bo‘yicha Tavsiyaviy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Reglament Milliy antidoping agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Milliy antidoping qoidalari, Butunjahon antidoping kodeksi, Xalqaro standartlar va WADA yo‘riqnomalariga muvofiq tayyorlangan va tasdiqlangan.