O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari WADAning xalqaro dopingi ofitserlarni o‘qitish va malakasini oshirish markazida o‘qitilib, xalqaro toifadagi doping ofitserlari maqomiga ega bo‘lgan edi.
Parij-2024 Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi tomonidan doping nazorati ofitserlarini saralab olish uchun tanlov eʼlon qilingan edi va tanlovga 600 dan ortiq nomzodlardan arizalar kelib tushgan. Shular qatorida Agentlik xodimlari ham nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi. Tanlovda g‘alaba qozonish uchun asosiy sabab mamlakat Milliy antidoping agentligi tomonidan erishilayotgan yutuqlar inobatga olingan holda Agentlikning mutaxassisi A.Soliyev Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida doping nazorati ofitseri sifatida ishtirok etish uchun tanlab olindi. Bu Agentlikning katta yutug‘i desak bo‘ladi.
Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, shu vaqtga qadar agentlikning doping nazorati xodimlari olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib bormagan. Bu ham davlatimiz rahbarining sportga va antidoping sohasiga berayotgan yuqori eʼtibori natijasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.