O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan yillik tasdiqlangan reja grafik asosida sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlariga antidoping o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.
Shunday seminarlardan biri Sirdaryo viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda viloyatdagi sport taʼlim muassasalari xodimlari bilan onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.
vebinar davomida 150 dan ortiq soha xodimlari, murabbiy va shifokorlarga Qatʼiy javobgarlik prinsipi va antidoping qoidabuzarlik turlari mavzusida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, TI borasidagi murakkab va bahsli holatlar, sportchining huquq va majburiyati va ADAMS tizimida ishlash bo‘yicha maʼlumotlar berildi.