O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan yillik tasdiqlangan reja grafik asosida sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlariga antidoping o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi seminar trening O‘zbekiston futzal terma jamoasi aʼzolari ishtirokida o‘tkazildi. Maʼlumki futzal sport turi futbol bilan bir xil bo‘lsa ham qoidalari bo‘yicha alohida hisoblanadi. Futzalda sportchilarning jismoniy holati juda katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham qo‘shimcha dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalardan foydalanish holatlari yuzaga kelish ehtimoli mavjud. Bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha Agentlik xodimlari tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
futzal terma jamoasi aʼzolariga terapevtik istisno arizasidan to‘g‘ri foydalanish, ADAMS tizimi va antidoping qoidabuzarligi yuzasidan maʼlumotlar berildi.