Qadrlash o‘zlikni anglash demakdir. Bu so‘z zamirida imon butligi, odob-axloq, ajdodlar merosi, shuningdek, atrofimizdagi insonlarga chuqur hurmat mujassam.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–82-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash va nuroniylar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Farmonda nazarda tutilgan “Mehr va saxovat kuni” doirasida mehrga muhtoj nuroniylar va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatish tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Hayotning achchiq va shirin tomonlari bor. Qariyalar eʼtibor, mehr-muruvvat va shafqatga muhtoj bo‘lishadi. Bunday insonlarga eʼtiborli bo‘lmoq lozim. Chunki ularning umri mehnat bilan o‘tgan, endi keksalik bois ishga yaramay, xastalanib, kuch-quvvatdan qolganlar. Jamiyat va ona Vatan ravnaqi uchun hissa qo‘shgan, oilani oyoqqa turg‘azgan, o‘g‘il-qizlar o‘stirib, yedirib-ichirgan, oilam, bolam-chaqam deb, yelib-yugurganlar ham shular.