O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari ko‘plab chempionlarni yetishtirib chiqargan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lishdi.
U yerda sportchi, murabbiy va sport shifokorlariga antidoping qoidabuzarlik turlari va yangi ishga tushirilgan “Elektron taʼlim platformasi” ishlash imkoniyatlari hamda zaruriyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
O‘z navbatida ishtirokchilar tomonidan platforma yuzasidan va boshqa ko‘plab berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Agentlik tomonidan sportchilar, murabbiylar va sport jamoatchiligi foydalanishi uchun talim-uznada.uz va dori-uznada.uz platformalari ishga tushirilgan.