O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA) rahbari Venera Abdulla, SEARADO rahbari Gobinatan Nair va Osiyo olimpiya qo‘mitasi vakili, Quvait antidoping agentligi direktor o‘rinbosari Nadiax Alshamalilar bilan ko‘rishdi.
Uchrashuvda Toshkent-2025 yoshlar Osiyo va Para Osiyo o‘yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik, unda sportchilardan doping nazoratini qay tartibda olib borish bo‘yicha suhbatlashildi.
Shuningdek, SEARADOga aʼzo mamlakatlar bilan antidoping sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bu orqali esa yangicha tizimlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.