O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolangan bo‘lib, mazkur qaror asosida Agentlikka bir qator vazifalar yuklatilgan.
Jumladan, Agentlik xodimlarini malakasini oshirish, yangi texnologiyalarni mamlakatimizga olib kirish va amaliyotga tatbiq qilish vazifalari yuklatilgan. Shu maqsadda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi va Koreya antidoping agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, ushbu memorandum xodimlar malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan.
Kelishuvga asosan agentlik mutaxassislari ayni kunlarda Koreya antidoping agentligi tomonidan tashkil etilgan seminar treningda ishtirok etmoqda. Malaka oshirish va tajriba almashish kurslari davomida surishtiruv va tergov jarayoni, natijalarni boshqarish jarayoni va uni hujjatlashtirish, ADAMS platformasida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi kabi yana ko‘plab mavzular yuzasidan treninglarda ishtirok etishadi.