Xabaringiz bor 22-23 may kunlari bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga delegatsiyalar tashrifi boshlandi. Bugun Avstraliya delegatsiyasi birinchilardan bo‘lib yetib keldi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov va Avstraliya milliy antidoping agentligi mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab, tomonlar antidoping sohasi bo‘yicha keng qamrovli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish bo‘yicha suhbatlashishdi.
Shundan so‘ng mehmonlar agentlik faoliyati bilan yaqindan tanishdi va O‘zbekiston hukumati tomonidan sport, ayniqsa antidoping sohasiga berilayotgan eʼtibor yuqori darajada ekanligini va buning natijasida mamlakat sportchilari jahon arenalarida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotganligini taʼkidlab o‘tdi.
Ertaga yaʼni 21 may kuni ham bir qator mamlakatlar delegatsiyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan.