Ayni kunlarda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Vitold Banka, WADA Bosh direktori Oliver Nigglidan tashkil topgan delegatsiya 19 hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan tanishmoqda. Bugun delegatsiya vakillari yangi qurilayotgan Olimpiya shaharchasini ham ko‘zdan kechirishdi. Ularga O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi O.Kasimov hamrohlik qilishdi.
Toshkent-2025 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Para Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi va musobaqalar mana shu yangi qurilayotgan sport maydonlarida o‘tkaziladi. Mehmonlar loyiha bilan tanishtirildi va majmua barcha xalqaro standartlarga javob berishi, sport arenalariga eng zamonaviy qoplamalar to‘shalishi xususida gapirib o‘tildi.
“Haqiqatdan mamlakatingizda sportga juda katta eʼtibor qaratilganligini ko‘ryapmiz. Bu sohani rivoji uchun davlat miqyosida ishlar amalga oshirilayotgan ekan. o‘ylaymanki, bu saʼy-harakatlar o‘zbekistonlik sportchilarni bugungi g‘alabalaridan ham yuqoriroq marralarni egallashga undaydi”, - dedi Vitold Banka.