Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Abdujamilevich Sadikov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
A.Sadikov 1974-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Oliy maʼlumotli, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universitetlarini tamomlagan.
Abdushukur Sadiqov faoliyati davomida Toshkent tibbiyot akademiyasida assistent, dotsent, so‘ngra Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U “Tibbiyot va sport” ilmiy jurnali bosh muharriri, 70 dan ortiq nashrlar, yo‘riqnomalar, patent va monografiyalar muallifi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2021-yil 30-yanvardagi qarori bilan Abdushukur Sadiqovga professor ilmiy darajasi berilgan.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentlligi jamoasi nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.