eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Mehr saxovat: keksalarga eʼtibor eng oliy insonparvarlikdir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–82-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash va nuroniylar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Agentlik tomonidan Farmonda nazarda tutilgan “Mehr va saxovat kuni” doirasida mehrga muhtoj nuroniylar va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatish tadbirlari o‘tkazib kelinmoqdaTadbir doirasida Agentlik xodimlari hozirda 95 yoshni qarshilagan Saltanat buvi Soliyeva xolidan xabar olgani borishdi. Bu onaxon uzoq yillar davlat tashkilotlarida turli lavozimlarda samarali mehnat qilganlar. Hozirgi kunga kelib qariyalik gashtini shirindan-shakar nabira, evara va chevaralar qurshovida surmoqdalar.

Qariyalar eʼtibor, mehr-muruvvat va shafqatga muhtoj bo‘lishadi. Bun­day insonlarga eʼtiborli bo‘lmoq lozim. Chunki ularning umri mehnat bilan o‘tgan, endi keksalik bois ishga yaramay, xastalanib, kuch-quvvatdan qol­gan­lar. Ja­miyat va ona Vatan ravnaqi uchun hissa qo‘shgan, o‘g‘il-qizlar o‘stirib, yedirib-ichirgan, oilam, bolam-chaqam deb, yelib-yugurganlar ham shular.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish