eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

O‘zbekiston OTJ futbolchilariga huquq va majburiyatlari tushuntirildi

Yangi O‘zbekistonda barcha sohalar kabi sport sohasida ham tarixiy jarayonlar bo‘lmoqda. Futbol bo‘yicha olimpiya terma jamoamiz tarixda ilk marotaba olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun litsenziyani qo‘lga kiritdi. Ayni kunlarda o‘zbek sportida yangi sahifa ochgan OTJ aʼzolari Toshkent shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Sportchilar olimpiadaga har tomonlama jismonan, psixologik jihatlarda tayyorgarlikni olib borishmoqda. Sportchilarni halol g‘alabalarni qo‘lga kiritishi uchun O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Bugun Agentlik mutaxassislari futbolchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida sportchilarning huquq va majburiyatlari, doping sinama topshirish jarayonida nimalarga eʼtibor qaratish lozim ekanligi, antidoping qoidabuzarliklari bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

O‘z navbatida Parij-2024 olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan barcha sportchilar bilan bir qatorda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi futbolchilariga ham omad yor bo‘lishini, halol g‘alabalarni qo‘lga kiritshlarini tilab qolamiz.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish