Samarqandda Antidoping taʼlim elektron platformasi va Sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish milliy platformalari yuzasidan seminar tashkil etildi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari reja asosida yangi ishga tushirilgan Antidoping taʼlim elektron platformasi va Sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish milliy platformalaridan foydalanish bo‘yicha maʼlumotlar berib kelinmoqda.
Navbatdagi seminar Samarqand viloyatidagi sport shifokorlari, murabbiylar, mutasaddilar va sportchilar ishtirokida tashkil etildi. Viloyatda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.
Bu kabi seminarlar reja asosida respublikamiz bo‘ylab doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda.