O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan sportchilar, murabbiylar va sport sohasi mutaxassislari uchun “Antidoping taʼlim elektron platformasi” hamda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan moddalar mavjudligini tekshirish uchun mo‘ljallangan “Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platforma”si ishga tushirilgan.
“Antidoping taʼlim elektron platformasi”dan foydalanish uchun talim-uznada.uz saytiga kirishingiz mumkin.
“Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi”dan foydalanish uchun dori-uznada.uz saytiga kirishingiz mumkin.
“Antidoping taʼlim elektron platformasi” orqali o‘quv kursni yakunlaganingizdan so‘ng 2025-yildan boshlab respublika chempionatlarida talab qilinadigan QR kodli maxsus sertifikat taqdim etiladi.
Tashrif buyuring va antidoping sohasidagi bilimlaringizni mustahkamlash bilan bir qatorda isteʼmol qilayotgan dori vositangiz sportda taqiqlangan ro‘yxatga kiritilmaganligiga ishonch hosil qiling.
Zero, sportchining ko‘p yillik mehnati va orzu umidlari eʼtiborsizlik sababli barbod bo‘lishi mumkin.